"PSJ" prezidenti Nosir Al Helayfiy EChL nimchorak finalining birinchi uchrashuvida "Real"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng hakamlarni aybladi.
"Hisob haqqoniy emas. Ikkinchi bo'limda biz yaxshiroq o'ynadik deb o'ylayman, golga tortadigan vaziyatlarimiz ko'p bo'ldi, ammo xatolarga yo'l qo'ydik.
Mbappening vaziyatida ofsayd belgilashdi, ammo ofsayd yo'q edi. Hakamlarning xatolari bizga qimmatga tushdi. Hakam "Real"ga yordam berdi.
Endi javob uchrashuvi haqida o'ylashimiz kerak. Biz o'z uyimizda, o'z stadionimizda va muxlislarimiz oldida o'ynaymiz. Keyingi bosqichga chiqa olamiz deb o'ylayman. Qo'limizdan kelgan hamma ishni qilamiz. "Real"ga qiyin bo'ladi", - deydi Helayfiy.