"PSJ" hujumchisi Neymar Frantsiya chempionatida uzoq vaqt qolib ketmoqchi emas. Boisi, u Liga-1ning saviyasini bunchalik past ekanini kutmagandi. U Frantsiyada o'z mahoratining pasayib ketishidan xavotir olmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo xabar tarqatdi.
«Real» prezidenti Neymarni sotib olish uchun bir yil kutishga tayyor. Shu bois, uning transferi 2019 yilning yozida amalga oshishi kutilmoqda. Florentino Peres 2013 yildayoq Neymarni qo'lga kiritishga urinib ko'rgandi.
"PSJ" Evropa chempionlar ligasida g'olib chiqadigan bo'lsa, parijliklar rahbariyati futbolchini "Real"ga qo'yib yuborishga tayyor. Braziliyalik futbolchi 2017 yilda "PSJ" bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekkan.