Sobiq "Bavariya" futbolchisi Lotar Matteus "Real Madrid" va "PSJ" o'yinidan oldin intervyu berib o'tdi.
"Shubxasiz, "Real" va "PSJ" o'z yulduzlariga bog'liq. Ikkalasi ham bu o'yinda kim eng yaxshi yulduz ekanligini isbotlashga urinadi. O'tgan mavsumda Ronaldu buni isbotladi va sovrinni yutdi. U "Real" bilan ajoyib tarzda Chempionlar Ligasida g'alaba qozondi, ammo hozir u bu saviyada emas.
Neymar Ronalduga qaraganda ko'proq maosh oladi. Shu bois Krish boshqa braziliyaliklardan ortda qolishni xohlamaydi va u hozirda: "Men eng yaxshisiman va buni isbotlayman" deb turubdi.
Ammo mening o'ylashimcha, Neymarga qarshi o'ynash murakkab. U yaxshiroq o'ynaydi, unda fintlar va to'p bilan tryuklar juda ko'p", - deydi Matteus.