“PSJ” klubi hujumchisi Neymar Ispaniyaga qaytadi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Nashrning yozishiga ko'ra, braziyalik futbolchi 2019 yil Madridning “Real” klubiga o'tadi. Futbolchini Parijdan ko'ra Madriddagi shart-sharoitlar qiziqtirmoqda. Shuningdek, Neymar Frantsiya chempionatini Ispaniyadan kuchsiz hisoblamoqda.
“Real” klubi prezidenti Florentino Peres Neymarni “Barselona”ga o'tishiga qadar sotib olish imkoniyatlarini ko'rib chiqgan. Lekin “Barselona” uddaburonlik qilib, Neymarni “Santos”dan arzon-garovga ilib ketib, uni “PSJ”ga 222 million evro evaziga sotib yubordi.
Ma'lum bo'lishicha, “Real” vakillari etakchisi Krishtianu Ronalduni 35 yoshga to'lishini kutishadi va shundan so'ng Neymar variantiga aniq qaytishadi.