Chempionlar ligasi nimchorak finalidagi “Real Madrid” – “PSJ” matchidan oldin parijliklarning urugvaylik hujumchisi Edinson Kavani Ispaniyaning “Marca” gazetasiga intervyu berdi:
“Eng kerakli bo'lgan transferlarni qildik. Tarkibimizningkuchi “Barselona” va “Real Madrid”nikidan kam emas. Bu bizga barcha sovrinlarni yutishimizda qo'l keladi. Nimchorak finalda madridliklar tarixiy o'yinga guvoh bo'lishadi. Ularga syurprizlarimiz bor. Chempionlar ligasini yutishni istayman va buning uchun gol urishdan bo'shamayman. O'tgan mavsum “Barselona”ga kam baho berib yubordik. Qolaversa, ularga hakamlarham yordamlashishdi. Ammo men hozir kimnidir ayblamoqchi emasman. Chunki bular ahamiyatsiz, muhimi, mag'lubiyatda98 foiz holatda o'zing aybdor bo'lasan”.