Madridning "Real" klubi yarimhimoyachisi Krishtianu Ronaldu ushbu mavsumda Chempionlar Ligasida 9 ta gol bilan peshqadamlik qilmoqda. UEFA.com saytining xabariga ko'ra Kavani va Neymar hozirda Chempionlar Ligasida har bittasi 6 tadan to'p kiritgan.
Demak, portugaliyalik futbolchi ushbu mavsumda CHLda 39 ta zarba bergan (21 tasi aniq darvozaga borgan, 18 tasi noaniq), shulardan 9 tasi gol bilan yakunlangan. O'rtacha har bir uchrashuvda 4,3 tadan zarba yo'llagan. Urugvaylik hujumchi esa darvoza tomon 27 marta zarba bergan 9 tasi aniq darvozaga borgan va 6 tasi gol bilan yakunlangan. 18 ta zarba esa noaniq.