«PSJ» bosh murabbiyi Unai Emeri Evropa chempionlar ligasining 1/8 final «Real»ga qarshi uchrashuvi oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Bo'lajak o'yin – aslida kim ekanimizni, o'zimiz uchun nimalarni ko'rsata olishimiz va qanday natijani xohlashimizni aniqlab olish uchun eng yaxshi imkoniyatlardan biri.
Biz o'sishda davom etishni istaymiz va bizni oldinda Evropaning amaldagi chempioniga qarshi uchrashuv kutib turibdi. 11 karra chempionga («Real» aslida 12 marta bu turnirda g'alaba qozongan) qarshi o'ynaymiz.
Kuchli raqibga qarshi maydonga tushish har doim qiziqarli bo'lgan, hozir esa amaldagi chempionlarga qarshi maydonga tushamiz. Bundan ortiqroq kuchli raqibni o'ylab topib bo'lmaydi», – deya Emerining so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.