"Madrid" tarbiyalanuvchisi Markos Llorente "Alaves"dagi faoliyatini yakunlab "Real"ga qaytmoqda.
Llorente Pellegrino jamoasining ajralmas futbolchisiga aylangan edi va finalda "Barselona"ga qarshi ham asosiy tarkibda harakat qildi. Garchi "Alaves" mag'lub bo'lsada Yevropa Ligasiga chiqish yo'llanmasini saqlab qoldi.
Endilikda Llorente "Real Madrid"da asosiy tarkib uchun Kazemiro bilan kurash olib borishiga to'g'ri keladi. 1995-yilda tug'ilgan tayanch yarimhimoyachiga qishgi transferlarda "PSJ" va "Arsenal" klublaridan ham takliflar tushgan edi. Ammo kanterano keyingi mavsumda "Real"da qolib asosiy tarkib uchun kurashishi belgilab qo'yilgan.
Futbolchi Instagramda: Aúpa Alavés! Barchasi uchun rahmat!"