“Real” ustozi Zinedin Zidan “PSJ”ga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirdi.
“Biz faqat o'yin haqida o'ylayapmiz. Ayni damda qanday taktikada o'ynash muhim emas, muhimi, jiroyli o'yin ko'rsatish. “PSJ” — Frantsiya jamoasi, ammo buning menga hech qanday ahamiyati yo'q. Men Marseldanman, “PSJ” mening printsipial raqibim.
"PSJ" bilan o'yinlar final darajasida emas, biz “PSJ”ga qarshi shunchaki ikkita o'yin o'tkazamiz. Meni kelajagim ham tashvishga solayotgani yo'q. Men faqat “PSJ”ga qarshi o'yin haqida o'ylayapman. Muxlislar chiroyli o'yin va g'alabamizni ko'rishmoqchi, biz esa olg'a yurishda davom etamiz”, dedi Zidan.