“Real” ustozi Zinedin Zidan “PSJ”ga qarshi o'yin oldidan o'ziga xos qarorga keldi. Ya'ni u jarohatlangan va diskvalifikatsiya qilingan futbolchilarni ham o'yin qaydnomasiga kiritdi.
Shunday qilib, kengaytirilgan tarkibdan jarohati bor Xesus Valexo va Luka Zidan hamda diskvalifikatsiya qilingan Dani Karvaxal ham o'rin olgan. Demak, “Real” tarkibidagi barcha futbolchilar qaydnomaga kiritilgan. Frantsiyalik mutaxassis bu ishni “PSJ”ga qarshi o'yinning muhim ekanligini ta'kidlash va jamoani jipslashtirish maqsadida amalga oshirgan.