PSJ klubi himoyachisi Markinos “Real”ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Men uchun “Bernabeu” stadioni, 1/8 finalda dunyoning eng kuchli klubi bilan o'ynash sharaf hisoblanadi. Lekin aynan shu stadionda nimalarga qodir ekanlimigizni ko'rsatishimiz kerak. Har kun, har bir o'yindan so'ng maqsadimiz sari yaqinlashib boryapmiz. Buni ertaga ham amalda oshirishga harakat qilamiz.
Neymar o'ziga bo'layotgan bosimlarni yaxshilik bilan engib o'tishga harakat qilmoqda. U faqat maydonda o'zini ko'rsatadi. Ochig'i Neymar “PSJ”da porlamoqda.
O'tgan yil “Barselona” bilan ikki marta o'ynadik, balki ikkinchisi bu bizning tarixdagi eng yomoni bo'lgandir.
Yana shu holatga tushib qolmaslik uchun bor kuchimizni maydonda sarflashga harakat qilamiz. Albatta, birinchi o'rinda ertaga qanday o'ynash haqida o'ylash kerak, axir biz “Real” maydonida harakat qilamiz”, — dedi Markinos.