PSJ klubi bosh murabbiyi Unai Emeri jamoasining “Real” ga qarshi bahs haqida gapirib o'tdi.
Emerining so'zlariga ko'ra, shogirdlari “qirollik klubi”ga qarshi o'yinga to'liq tayyor.
“Biz “Tuluza”ga qarshi qanday o'ynash kerak bo'lsa, shunday o'yin namoyish qildik. Ishonchim komilki, chorshanba kuni bizni umuman boshqacha o'yin kutmoqda. Bu bahs muxlislar kutganchalik bo'lmaydi.
Bizning o'yinimiz ertaga umuman boshqacha bo'ladi. Shunday ekan jamoa o'yinga to'liq tayyor. “Tuluza” ustidan qozonilgan g'alaba bizga qo'shimcha ishonch beradi.
EChL o'yinlaridan oldin Frantsiya chempionatidagi yuqori saviyani saqlab turish lozim”, - deydi Emeri.