Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zineddin Zidan klubdagi ishlar va EChL doirasidagi PSJga qarshi o'yin haqida gapirib o'tdi.
“Real”ni butun umr boshqarmasligimni bilaman, ammo o'z vaqtida ushbu jamoada ish boshladim. Klub uchun og'ir vaqt kelganida men albatta futbolchilarni ayblamayman. Klubdagi vaziyatga butunlay men javobgarman.
Tanqidchilarning jim bo'lishi uchun biz g'alaba qozonishni boshlashimiz lozim. Katta klubda faqat g'alaba qozonmasang, sen tanqidga uchrayverasan.
“PSJ”? Ular bir joyda to'xtab qolishayotgani yo'q, har doim rivojlanishda davom etishmoqda. PSJ ushbu mavsumni ajoyib o'tkazmoqda va bundan hayron bo'layotganim yo'q. Emeri juda ham yaxshi ishlamoqda va uning natijalari esa buni ko'rsatib bermoqda”, - deydi Zidan.