“Real” bosh murabbiyi Zineddin Zidan jamoaning joriy mavsumdagi o'yini hamda “Pari Sen-Jermen”ga qarshi bo'ladigan EChL doirasidagi uchrashuvlar haqida gapirib o'tdi.
“Real” kabi klub murabbiyi bo'lsangiz, taqniddan qochib qutilolmaysiz. Bu erda baxtliman va jamoa bilan ishni davom ettirmoqchiman.
Bu mavsum o'tgan yillar bilan solishtirganda uncha muvaffaqiyatli chiqmayapti va men bunga javobgarman. Ishlashda va g'alaba qozonishda davom etish kerak.
“PSJ” yildan yilga takomillashib bormoqda va bizga oson bo'lmaydi. Emeri – ajoyib mutaxassis va o'ylaymanki, u o'z ishini yaxshi bajarmoqda. Parijliklarning natijalari buning dalolatidir”, — deydi Zidan.