"Real"ning yoshlar jamoasi bosh murabbiyi Guti madridliklarning EChL 1/8 finalida "PSJ" bilan o'yinlar oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bu mavsumni saflab qolish uchun "Real"ning oxirgi imkoniyati, ammo men bu Zidanning oxirgi imkoniyati bo'lib qolmasligiga umid qilaman. Uning klubga qilgan xizmatlarini unutmaslik kerak.
"PSJ" uchun ham bu oxirgi imkoniyat, chunki Frantsiya chempionati va Kubogidagi g'oliblik ularni qoniqtirmaydi.
Zidan qolishi kerak, ammo kun kelib, "Real"ni boshqarish haqida orzu qilolmaymanmi? - deydi Guti.