Madridning “Real” klubi hujumchisi Garet Beylning agenti Jonatan Barnett mijozi haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.
“O'ylaymanki, Garetningnarxi Neymardan kam emas. U “Real”ni yaxshi ko'radi va hech qayerga ketish haqida o'ylayotgani yo'q. Shuningdek, unga Ronalduning ketishi va keyin yulduz bo'lib qolishi ham qiziq emas. Beyl hozirda ham “Real” yulduzi hisoblanadi.
Garet yosh futbolchilar uchun yaxshi namuna bo'la oladi. Siz Beylni hech qachon fastfud bilan qornini to'ydirayotganini ko'rmaysiz. U juda ham erta uxlaydi va erta uyg'onadi.
Kelajakda Beyl albatta, “Oltin to'p” sovriniga ega bo'ladi. “A” seriya klublari Beylni sotib olish haqida hech qachon o'ylab ko'rishmaydi. To'g'ri, avvalroq bir Italiya jamoasidan taklif kelib tushgandi, ammo “Tottenxem” futbolchisini sotishni istamagan”, – dedi Barnetta.