"Madrid" yarimhimoyachisi Garet Beylning agenti Jonatan Barnett mijozini Neymarning narxidan kam emasligini aytib o'tdi. Ma'lumot uchun, 2017-yil yozda "Barselona" Neymarni "PSJ"ga 222 mln yevroga sotgan edi.
"Beyl kamida 222 mln yevro turadi. Aniq Neymardan kam emas. Ammo bu faqat og'izda Beyl "Real Madrid"da baxtli va Ispaniyada yashashdan xursand. Krishtianu Ronalduning kelajagi? Garetga uning ketishi yoki ketmasligi qiziq emas, hozirda u jamoaning asosiy yulduzidir", - deya fikr bildiradi agent.