Kelayotgan shanba 3 iyun kuni Chempionlar ligasi final bahsida "Real" hamda "Yuventus" klublari g'oliblik uchun maydonga tushadi.
"Real" forvardi Krishtianu Ronaldu uchun engilmas himoyaga ega "Yuventus" klubi qulay raqiblardan biri hisoblanadi. Portugaliyalik futbolchi "Keksa sinora"larga qarshi 4 uchrashuvda maydonga tushgan holda 5 bor o'z nomiga gol yozdirib qo'yishga erishgan.
Dastlab 2013/14 mavsum guruh bosqichida "Bernabeu"dagi bahsda (2:1) dubl qayd etgan bo'lsa, oradan 2 hafta o'tib javob uchrashuvida (2:2) jamoaning dastlabki goliga mualliflik qilgan. Bundan tashqari 2 yil avval musobaqaning yarim final bosqichidagi har ikki uchrashuvida ham (1:1, 1:2) bir marotabadan gol muallifiga aylangan va bu safar uning gollari Madridliklarni final yo'llanmasiga ega chiqishlariga kamlik qilgan.