Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Nemis nafasi yoxud «Real»ning yangi bosh murabbiyi kim bo'ladi?

Ispaniya poytaxtining bosh arenasi - «Santyago Bernabeu»da joriy mavsum shodon hayqiriqlar, chin yulduzlar sharafiga yangraydigan qo'shiqlardan ko'ra, hushtakbozlik va e'tirozga to'la nolalar ko'proq eshitilmoqda.

.
- Yuklab olish

Ispaniya poytaxtining bosh arenasi - «Santyago Bernabeu»da joriy mavsum shodon hayqiriqlar, chin yulduzlar sharafiga yangraydigan qo'shiqlardan ko'ra, hushtakbozlik va e'tirozga to'la nolalar ko'proq eshitilmoqda.

Buning ajablanadigan tomoni yo'q: Zayniddin Zidan tomonidan shakllantirgan, aniqrog'i, «tuzatilgan» «Real»ga ko'z tegdi.

Ha, «Qirollik klubi» ChL guruh bosqichida o'z kuchini ko'rsatdi, ammo milliy chempionatda juda ko'p ochko yo'qotib, asosiy raqib «Barselona»ni ancha oldinga o'tkazib yubordi.

Umuman, «Madrid»»ning ishlari joyida emasligini turnir jadvaliga qarab, yaqqol sezish mumkin. Umumiy vaziyatga xolis baho bergan Toni Kroosning gaplari ko'p narsadan dalolat: nemis yarim himoyachisi «Real» uchun joriy mavsum  kuchli to'rtlikdan joy olish yuksak natija bo'lishini ta'kidladi.

Yodingizdami, «Real» azaliy raqib - «Barselona»dan o'z uyida sharmandali tarzda mag'lubiyatga uchragach (0:4), bosh murabbiy Rafael Benitesga chiqish eshiklari ko'rsatilgandi. Vaholanki, jamoa o'shanda asosiy «dushmani»dan 5 ochko ortda qolayotgandi, xolos.

Mana, Zidan ham «El-klasiko»da  yirik hisob (0:3)li  mag'lubiyatni tan oldi. Boz ustiga, ikki jamoa ochkolari o'rtasidagi farq misli ko'rilmagan darajada kattalashdi.

Klub prezidenti Florentino Peres bunday muvaffaqiyatsizlikka uzoq toqat qilolmasligini inobatga olib aytsak, frantsiyalik murabbiyning kursisi qimirlay boshlagani tayin.

Ehtimolki, Peres janoblari munosib nomzod topish jarayoniga start bergandir. Xullas, qo'yidagi maqola «Real Madrid»ni boshqarishga nomzod bo'lishga munosib mutaxassislar haqida.

Yoaxim LYoV

2006 yili o'z muxlislari qarshisida JCh bronza medalini qo'lga kiritgan Germaniya terma jamoasini o'sha mundialdan so'ng qabul qilib olgan Yoaxim Lyov «Real» prezidenti ro'yxatiga tushgan nomzodlar orasida favoritdir. «Qirollik klubi» sohibining fikriga qo'shilmaslikning iloji yo'q.

Zero, o'z uyida «bronza» bilan kifoyalangan bundestim shundan buyon muvaffaqiyatli odimlamoqda. Boshqacha aytsak, nemislar Lyov rahbarligida 11 yilki, barqaror to'p surishmoqda. Jamoa barcha yirik turnirlarda favoritlar safidan joy olmoqda va natijasi ham chakki emas: Evro-2008 - kumush medal, JCh-2010, Evro-2012 va Evro-2016 - bronza medali, nihoyat, JCh-2014 - oltin medal.

Nemis mutaxassisining Germaniya futbol ittifoqi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2020 yili nihoyasiga etadi. Yurgenning o'zi Rossiya mundialidan keyin o'z salohiyatini klub futbolida sinab ko'rishni rejalashtirayotganini bir necha marta ro'y-rost ta'kidladi.

E'tiborlisi, Lyov bir safar jumladan, shunday degandi: «Menga Ispaniya La-ligasi, ishtirokchi jamoalarning o'yin falsafasi ko'proq yoqadi». Shunday ekan, Yoaxim balki  Yupp Xaynkes va Brend Shusterdan keyin «Real» tarixidagi uchinchi nemis murabbiyiga aylanar. Har holda, uning bu boradagi imkoniyatlari chakki emas.

Nomzodning plyus jihatlari: barqarorlik, professionallik, yuksak nufuz, g'oliblik ruhiyati.

Nomzodning minus jihatlari: Germaniya futbol ittifoqi bilan shartnomasi. Kelishuvni muddatidan avval bekor qilish ma'lum qiyinchiliklar tug'dirishi mumkin. Lekin Peresning tamoyiliga ko'ra, mablag' yordamida bartaraf etish imkoni bor masala muammo sanalmaydi!

Yurgen KLOPP

Madrid futbol muhitiga nemis nafasini faqat Yoaxim Lyov emas, Yurgen Klopp ham bemalol olib kirishi mumkin.

«Borussiya» D. klubini Bundesligada 2 marta shohsupaga etaklagan va shogirdlari bilan ChL finaliga chiqqan ehtirosli mutaxassis keyinchalik «Liverpul» boshqaruvini qo'lga oldi va mana, klubni APL grandlari safiga qaytarish yo'lida astoydil ishlamoqda.

U ma'lum ijobiy o'zgarishlarni amalga oshirishga ulgurdi ham. Hozirda «qizillar» ijrosidagi o'yin keng jamoatchilikni befarq qoldirmayapti.

Diqqatga sazovor tomoni, ChLning 2012|2013 yillar mavsumi yarim finalida «Real» oldiga aynan Kloppning shijoatli drujinasi to'siq qo'ygandi. Yurgen keyinchalik «qizillar»ni EL hal qiluvchi o'yiniga olib chiqdi, ularni ChLga qaytardi.

To'g'ri, tinib-tinchimas murabbiy hozircha xalqaro sov-rin yutgani yo'q. U Madridda bu bo'shliqni to'ldirish uchun keng imkoniyaga ega bo'lishi, shubhasiz. Albatta, avvalo, Peresga ma'qul kelishi kerak.

Nomzodning plyus jihatlari: jonkuyarlik, kuchli ehtiros, «gaz»ni oxirigacha bosish, «portlovchi» effekt. Klopp zerikarli o'yinga aslo toqat qilolmaydi. Eng muhimi, jonli o'yin uslubi zavq barobarida samara keltirishini ham ta'minlaydi.

Nomzodning minus jihatlari: Tabiiy xarakteri. Aytishlaricha, Yurgen jamoaning ichki ishlariga tez-tez aralashib turadigan prezident bilan ishlashni yoqtirmaydi. Peres esa hammasiga «bosh» suqishni xush ko'radiganlar toifasidan.

Tomas TUXEL'

Ispaniyaning amaldagi chempioni bosh murabbiyi roliga nomzod germaniyalik mutaxassislar xususida gap ochilganida, Tomas Tuxelni ham alohida tilga olish kerak. «Borussiya» D. klubi sobiq ustozi Bundesliganing kumush va bronza medallari, shuningdek Germaniya kubogini qo'lga kiritdi.

2017 yilning may oyida esa dortmundliklar bilan xayrlashdi va hozirgi kungacha ishsiz yuribdi. «Bavariya» Karlo Anchelottini iste'foga chiqargach, Myunxenda aynan Tuxel ish boshlashi xususida gap-so'zlar avjiga chiqdi.

Biroq hammasi oddiy mish-mishligicha qoldi. Nemis matbuotida yozilishicha, grand jamoa mutasaddilari murabbiyning malakasiga sira shubha qilishmagan. Ammo ularni Tomasning injiq tabiati o'ylantirib qo'ygan.

Darvoqe, «Borussiya» D. rahbariyati ham yosh va shijoatli murabbiy bilan shu masalada kelisholmagandi.

Nomzodning plyus jihatlari: navqiron, hujumkor uslub, yoshlar bilan samarali ishlash uslubi.

Nomzodning minus jihatlari: «vaysaqi», hattoki, rahbariyat faoliyatiga ham aralashishdan tap tortmaydigan murabbiy. Shularni hisobga olsak, Tuxelning Pe-resga ma'qul kelishiga ishonish qiyin.

Antonio KONTE

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so'nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to'plamda.

BestMaster
12 Fevral 2018, 11:59
nemis, nafasi, yoxud, «real»ning, yangi, bosh, murabbiyi, boladi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads