"Real" himoyachisi Marselo "PSJ" hujumchisi Neymar haqida va jamoadoshi Ronalduning kayfiyati haqida fikr bildirdi.
"O'ylaymanki, Agar Neymar safimizga qo'shilsa, "Real"ning o'yiniga mos tushgan bo'lar edi. Buyuk o'yinchilar aynan "Real"da o'ynashlari kerak va o'ylaymanki, Neymar qachonlardir bizda o'ynaydi.
Chempionlar ligasida "PSJ"ga qarshi o'yinlarimizni final repetitsiyasi desak bo'ladi. Bu o'yinni hamma kutyapti. Pariliklarda yaxshi jamoa bor, yaxshi tarkibi yig'ilgan. Ammo "Real"ning nomi barchaga ma'lum.
Ronaldu? Uni baxtsiz deb o'ylamayman. U amoaga yordam berish uchun hamma narsa qilyapti. U taribali o'yinchi, jamoada eng obro'li o'yinchi. Bizga yordam berish uchun bor kuchini ayamaydi. Uning nimalarga qodir ekanini hamma biladi", - deydi Marselo.