"Real" himoyachisi Serxio Ramos EChL finalida "Yuventus" bilan uchrashuv oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Yuventus"da ajoyib tarkib bor, ehtiyot bo'lishimiz kerak - raqib ishimizni osonlashtirmaydi. "Yuventus" musobaqadan juda kuchli jamoalarni chiqarib yubordi. Har bir final o'zgacha, har bir final farq qiladi, ammo "Yuve" bilan "Atletiko"ning o'xshash tomonlari bor.
La lgadagi g'oliblikdan so'ng chempionlikni nishonlash uchun vaqtimiz bo'ldi, shundan so'ng kata jismoniy yuklamali bir haftalik mashg'ulotlar bo'ldi, undan tiklanish uchun ikki kun kerak bo'ladi. Futbolchilar jarohatlaridan so'ng tiklandilar, finalga jangovar ruhda tayyormiz", - deydi Ramos.