«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya La ligasining 23-turi doirasida «Real Sosedad»ga qarshi o'yinda «xet-trik»ga erishdi.
Shu tariqa, portugaliyalik futbolchining klublar tarkibidagi urgan gollari soni 550tadan oshdi. Bu marrani zabt etish uchun unga 745ta o'yin kerak bo'ldi.
Ronaldu «Sporting» safida 5ta, «MYu» safida 118ta va «Real» tarkibida 428ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.