"Yuventus" yarimhimoyachisi Klaudio Markizio jamoasining chempionlar ligasi finalidagi imkoniyati haqida gapirdi.
Ikki yil avval turinliklar EChL finalida "Barselona"ga yutqazgan edilar (1:3). Bu safar "Yuventus" 3 iyun kuni EChL finalida "Real" bilan o'ynaydi.
"Bu sovrinni qo'lga kiritish uchun ikkinchi imkoniyatiga ega bo'lib turibmiz. Futbolchi faoliyatida bunday imkoniyat bo'ladi degan ishonch bo'lmasligi kerak. Bizda ikkinchi imkoniyat paydo bo'ldi, uni qo'ldan chiqarib bo'lmaydi, chunki chempionlar ligasi qo'ldan chiqarish uchun juda kattalik qiladi.
Finalda xuddi chorakfinal va yarimfinaldagi kabi hisiyotlar bo'lmaydi, chunki ularda vazifani bajarish uchun ikkita o'yin bo'ladi. Finalda birgina o'yin bo'ladi", - deydi Markizio.