«PSJ» bosh murabbiyi Unai Emeri Evropa chempionlar ligasining pley-off bosqichi doirasida bo'ladigan «Real»ga qarshi o'yin borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Krishtianu – jahonning eng yaxshi jamoasidagi etakchi o'yinchi. U top-futbolchi va yirik musobaqalarda hamisha o'zini ko'rsata oladi. Shu bois, portugaliyalik futbolchi bizga qarshi o'yinlarda yaxshi o'yin ko'rsatadi», – dedi Emeri.
"PSJ" va "Real" jamoalari o'rtasidagi dastlabki o'yin 14 fevral kuni «Santyago Bernabeu»da bo'lib o'tadi.