Sobiq "Real" yarimhimoyachisi Anxel Di Mariya Tyc Sports telekanalining mehmoni bo'ldi.
"Men "Barselona"ga o'tishga juda yaqin edi, lekin bu transfer futbol sabablari tufayli amalga oshmadi. Men 2018-yilni juda yaxshi boshladim va juda baxtliman. Yevropada o'ynash mening har doimgi orzuyim.
Ronaldu - ajoyib futbolchi. Messi bir vaqtda u bilan teng darajada bo'lishi oson emas. Leoni tasvirlash esa juda qiyin. U har doim sizni xayron qoldira oladi. O'tgan yil ham Messi eng yaxshi, bu yil ham eng yaxshi bo'ladi, keyingi yil ham. Leo - o'zga sayyoralik", - deydi argentinalik futbolchi.
Ma'lumot uchun, Di Mariya 2018-yilda 10 o'yinda maydonga tushib 9 ta gol va 6 ta golga asssistentlik qilgan.