"PSJ" bosh murabbiyi Unai Emeri chempionlar ligasida "Real"ga qarshi o'yinlar oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Boshlang'ich tarkib haqida
Shanba kungi o'yin haqida o'ylayapman, mashg'ulotlarda hammasi o'zgarib ketishi mumkin. BU mavsumda muhim o'yin oldidan "Strasbur"ga yutqazgan edik. Ertaga maydonga har bir o'yin muhim mashg'ulot ekanligini his qilgan jamoani tushiraman.
Yarimhimoya haqida
"Bu mavsum davomida baargan ishlarimiz muhim, shuning uchun shanba va chorshanba orasida katta o'zgarishlar bo'lmaydi. Biz Lassanani Motta jarohat olgani uchun qo'shib olganimiz to'g'ri. U jamoaga yordam berishi kerak.
Di Mariya haqida
"Chorshanba kuni kimlar maydonga tushishini ayta olmayman, chunki u kungacha nima bo'lishini bilmayman. Albatta, boshlang'ich tarkib qanday ko'rinishda bo'lishini chamalayapman ammo hozzir asosiysi - ertangi o'yin.
Di Mariya biz uchun muhim o'yinchi. Uning oxirgi o'yinlari bizni quvontirmoqda. Uning jamoamizda qolish qarori ham yaxshi bo'ldi.
Krishtianu Ronaldu haqida
"Real" - sovrinlarni qo'lga kiritish borasida hozir dunyoning eng yaxshi klubi va tarkibida dunyoning eng yaxshi o'yinchilarini jamlagan. Krishtianu ularning etakchisi, eng yaxshi futbolchilar esa katta o'yinlarda o'zlarini ko'rsatadilar", - deydi Emeri.