"Real Madrid" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Real Sosedad"ga qarshi o'yin oldidan press-konferensiyada ishtirok etdi.
"Sosedad" bilan o'yin oldidan:
"Biz yaxshi futbol ko'rsatib g'alaba qozonishni xohlaymiz".
Ispaniya Kubogining qayerda o'tkazilishi haqida:
"Bernabeu"da o'tkaziladimi yo'qmi buni klub xal qiladi. Men faqatgina bo'lajak o'yin haqida bosh qotiryapman. Menga jamoa bilan ishlash yoqadi. Hozircha hammasi biz xohlagandek bo'layotgani yo'q".
"PSJ" bilan o'yindagi imkoniyatlar haqida:
"Men imkoniyatlarimiz ulardan yuqori degan fikrdan yiroqman.Hech kim chorshanba kuni nima bo'lishini bilmaydi. Biz g'alaba qozonishni xohlaymiz, ammo hozir "Real Sosedad" haqida o'ylagan ma'qul".
Isko haqida:
"Men Iskoni o'yinlarini yoqtiraman va uni butun faoliyati davomida "Real"da qolishini xohlayman. U va men haqimizda berilayotgan xabarlar OAV yolg'oni".
Isko bilan oralarida nima bo'lganligi haqida:
"Boshqa futbolchilar haqida nima deb o'ylaysiz? Siz menda Isko haqida so'rayapsiz, bungacha Asensio haqida, hattoki Sebalyos haqida ham shunday savollar bo'lgan edi. Biz - bir jamoamiz va butun jamoa bo'lib harakat qilishimiz kerak".
Benzema haqida:
"Karim har doimgidek katta bosimda qolgan. Biz barchamiz bir kemadamiz va barchamiz yaxshi tushinib turubmiz, har bittamiz har daqiqada jamoaga muvaffaqiyat olib kelishimizni tushinishimiz kerak".
Karvaxalning diskvalifikatsiyasi haqida:
"Nacho uning o'rnini egallashga tayyor. Dani diskvalifikatsiyasi haqida nima deyishim mumkin, men u haqida o'z fikrimni o'zimda qoldiraman, chunki mening fikrim hech narsani o'zgartirmaydi".
Ronalduning o'yini haqida:
"Ronalduda bu safar har qachongidanda motivatsiya yuqori. U katta o'yinlarda qanday o'ynashni biladi. Barchamiz ko'rganmizki Ronaldu muhim o'yinlarda ma'sulyatni o'z zimmasiga olib o'ynaydi".