Men Florentino Peresning bir gapini yodda saqlayman "PSJ" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri "Real" jamoasiga qarshi o'yindan oldin klub egasi Nosir al-Xaleyfining Fransiyaga sarmoya kiritgani haqida gapirib o'tdi.
"Men Florentino Peresning bir gapini yodda saqlayman: "Eng yaxshi jamoa dunyoning eng yaxshi futbolchisini sotib olishi lozim". Bu kabi moliyaviy imkoniyatlari mavjud klublar uchun yaxshigina ibrat bo'ladi. "Real" jamoasi buni Figo misolida ham namoyish qilgan edi. Ularning "Barselona" klubidan uning sotib olganini o'qiganimda ishonmaganman.
Ispaniyada bu ishlarni faqat Madrid jamoasi qila olar edi - Zidan, Krishtianu Ronaldu, Xames transferlari.
Fransiyada kuzatilayotgan moliyaviy kuch qudrat ham mamlakat uchun qoniqarli ta'sir qiladi. Fransiya Qatar sarmoyalar uchun minnatdor bo'lishi lozim, shuning uchun ham bu yerda kuchli futbolchilar o'ynamoqda.
Nosir al-Xelayfining oxirgi qadami hozircha, Neymarning transferi bo'ldi, dunyoning eng kuchli uch futbolchisidan biri. Jamoa transferlardan keyin hujumda yanada kuchli bo'ldi va endilikda mening oldimda ularni bor kuchi bilan ishlatish masalasi turipdi", - deydi Emeri.