FIFA agenti Xordi Xotaning aytishicha, “Real” yangi murabbiy va yangi futbolchilar borasida bir qarorga kelgan.
Ma'lumotlarga ko'ra, ayni paytdagi omadsizliklar tufayli Zidan mavsum oxirida iste'foga chiqadi va uning o'rniga Maurisio Pochettino asosiy da'vogar hisoblanmoqda. Buni qarangki, argentinalik mutaxassis allaqachon “Real” uchun rejalar tuza boshlagan. U Marko Asensioni jamoaning asosiy o'yinchisiga aylantirib, uning atrofida yangi uchlik shakllantirmoqchi.
“Real Asensioga allaqachon yangi mavsumda jamoani boshqa murabbiy boshqarishini va u Asensioni asosiy futbolchiga aylantirishini ma'lum qildi. Bu murabbiy Maurisio Pochettino”, deydi FIFA agenti.