Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu oilada ota bo'lish ma'suliyati qanday bo'lishini tushuntirib berdi.
“Ota bo'lish men uchun katta sharaf. Bunday nomga hamma ham erisha olmaydi. Farzandlarim dunyodagi eng bahtiyor inson bo'lishimga asosiy sababchilar hisoblanishadi.
Har birimiz alohida shaxsmiz va hayot yo'llarimiz boshqa–boshqa. Ota–onalar farzandlariga ibrat bo'la olishlari lozim.
Farzandlarimga hayot davomida o'z o'rinlarini topa olishlariga ko'makchi bo'lmoqchiman. Menga eng katta quvonch bag'ishlagan “Oltin to'p” farzandlarim oldida bir tiyin”, - deydi Ronaldu.