"Real" forvardi Krishtianu Ronaldu o'zining sport formasi haqida gapirib o'tdi.
"Xayot - bu sinovlardan iborat. Men o'zimni yuqori formamni saqlab qolishga harakat qilaman. Har doim 100% uchrashuvlarga tayyor turishga harakat qilaman, bu men uchun juda muhim.
Formada bo'lish uchun ba'zi qurbonliklarga tayyor bo'lish kerak. Men hozir avvalgidek hamma narsalarni qilishga qodir emasman, chunki avvalgidek 20 yoshli futbolchi emasman. To'g`ri balansni ushlab turishga harakat qilaman. Hozirda barcha narsani kichik detallar hal qiladi.
Oldimga yuqori maqsadlarni qo'yaman. Insonlar orzusi yo'lida oldinga intiladi. Men o'z orzularimga erishdim, ammo hali yana orzular bor", - deydi futbolchi.