“Real” ustozi Zinedin Zidan kelayotgan yozda klub rahbariyatidan Iskoni sotishni talab qilishi mumkin.
“El Mundo Deportivo”ning ma'lum qilishicha, frantsiyalik mutaxassis 25 yoshli futbolchini qadrlaydi, ammo joriy mavsumda Iskoning o'yinidan norozi. Agar Isko o'zining kerakli ekanligini isbotlay olmasa, Zidan uni yozda sotishlarini talab qilishi mumkin.