“Real” prezidenti Florentino Peres keyingi mavsum uchun transferlar borasidagi barcha muzokaralarni to'xtatdi.
“El Mundo Deportivo”ning ma'lum qilishicha, “qirollik klubi” rahbari “PSJ” bilan bo'ladigan o'yinlardan kelib chiqib ish tutmoqchi. Shuning uchun Peres 6 martgacha bosh murabbiy va futbolchilar borasida hech qanday qaror chiqarmoqchi emas.