"Chelsi" darvozaboninda kichik intervyu.
Londonning "Chelsi" klubi darvozaboni Tibo Kurtua Sport/Foot portaliga bergan intervyusida "Real"ga o'tis haqidagi savolga javob berib o'tdi.
"Hech qanday bosim yo'q". Agar hech qanday savol bo'lmasa, demak men "Chelsi" bilan shartnomani uzaytirayotgan bo'laman. Xa, to'g'ri mening oilam Madridda yashaydi, mening yuragim u yerda. Agarda "Qirollik klubi" mening transferimni xohlasa, u holda "Chelsi" bilan muzokara o'tkazishiga to'g'ri keladi. Bir kun kelib oilaviy sabab Madridga qaytaman. Ammo hozircha "Chelsi" bilan shartnoma uzaytirish arafasidaman", - deydi darvozabon.
Ushbu mavsumda belgiyalik darvozabon barcha turnirlarda 33 o'yin o'tkazib 32 ta gol o'tkazib yuborgan.