"Chelsi" darvozaboni Tibo Kurtua faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi, belgiyalik darvozabonga "Real" qiziqmoqda.
"Ispaniyaga doimiy safarlarim "Real" bilan bog'liqmi? Bu ko'proq oilaviy holatga bog'liq. U erda mening bolalarim yashaydi. Qizim bilan har kuni Facetime orqali gaplashaman, ammo o'g'lim hali juda yosh. Shuning uchun iloji boricha Madridga oshiqaman. Mening yuragim u erda qolgan.
La ligaga qaytishim qanchalik haqiqat? Buning uchun "Real" "Chelsi" rahbariyati bilan kelishishi kerak. Bir kuni Madridga qaytishimni bilaman, bu shaharni sevaman. U men katta bo'lgan shahar. U erdan ketishim qiyin bo'lgan.
Agar haqiqatan ham "Real"ga kerak bo'lsam, qaror chiqarishimda oilaviy hayotim muhim rol o'ynaydi. Ammo ayni damda "Chelsi" bilan shartnomamni uzaytirmoqchi bo'lib turibman", - deydi Kurtua.