«Real» va «PSJ» klublari sobiq yarim himoyachisi Devid Bekxem Evropa chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi doirasida bo'ladigan madridliklar va parijliklar o'rtasidagi o'yin borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«PSJ» hozir yuqori formaga kirib oldi va unga qarshi o'ynash "Real"ga qiyin bo'ladi. Lekin «Real» Chempionlar ligasini yaxshi ko'radigan jamoa. Ularning tarkibiga qarang, ularning safida Krishtianu Ronaldu kabi futbolchilar bor», – dedi Bekxem.
«Real» va «PSJ» o'rtasidagi dastlabki o'yin 14 fevral kuni "qaymoqranglilar" maydonida bo'lib o'tadi. Javob uchrashuvi 6 mart kuni Frantsiya poytaxtida o'tkaziladi.