«Real» himoyachisi Daniel Karvaxal Evropa chempionlar ligasining 2ta o'yiniga diskvalifikatsiya qilingandi. UEFA "Qirollik klubi"ning mazkur qaror yuzasidan bergan appelyatsiyasini qanoatlantirmadi.
Futbolchi dekabr oyida bo'lib o'tgan APOELga qarshi o'yinda ataylab sariq kartochka olgan, deb hisoblagan UEFA uni shunday jazoga tortgandi. Bu ogohlantirish Daniel uchun musobaqadagi uchinchisi bo'ldi va u guruh bosqichining so'nggi turidan o'rin olgan «Borussiya»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi kerak edi. Ammo UEFA Karvaxalga yana bitta o'yin qo'shib berdi.
Shu tariqa, "Real"ning o'ng qanot himoyachisi 14 fevral kuni Madridda bo'ladigan «PSJ»ga qarshi pley-off bosqichining dastlabki o'yinida ishtirok eta olmaydi.