“Real” himoyachisi Dani Karvaxal EChL 1/8 finali doirasida “PSJ”ga qarshi birinchi o'yinda o'ynamaydi.
UEFA rasmiy saytida “Real”ning Karvaxal borasida bergan apellyatsiyasi rad etilgani ma'lum qilindi. Ma'lumot uchun, Karvaxal “APOEL”ga qarshi o'yinda sariq kartochka olgandi va shu bois “PSJ”ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradigan bo'lgandi. “Real” esa bu vaziyat yuzasidan UEFAga apellyatsiya bergandi.
“Real” va “PSJ” o'rtasidagi birinchi o'yin 14 fevralda “Santyago Bernabeu”da bo'lib o'tadi.