UEFA "Madrid" himoyachisi Daniel Karvaxalning diskvalifikatsiyasini ko'rib chiqdi va qarorini o'zgartirmasligini e'lon qildi. Bu orqali endi Karvaxal Chempionlar Ligasi 1/8 final doirasida "PSJ"ga qarshi dastlabki uchrashuvni o'tkazib yuboradi.
Eslatib o'tamiz, UEFA 7-dekabr kuni "Real Madrid" va "APOEL" (6:0) uchrashuvida Karvaxal so'nggi daqiqalarda ataylab vaqt cho'zgani va bu orqali hakamdan sariq kartochka olib pley-offdan oldin "tozolanib" olish harakatida deb ayblangan edi.