Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan futbolchi Iskoning mashg'ulotlardagi xolatidan va maydondagi harakatlaridan norozi.
AS nashrining xabariga ko'ra "qaymoqrang"lilar ustozi hozirgi paytda 25 yoshli futbolchining o'yinidan qoniqmayapdi. Fransiyalik mutaxasisning fikricha ushbu mavsumda Iskoning bunday o'yin ko'rsatishiga shaxsiy xayoti, uning yangi qiz o'rtog'i Sara Salamo va tungi klublarga borayotgani misol qilib ko'rsatilgan.
Eslatib o'tamiz, Isko ushbu mavsumda ikki marta "Real Madrid"ning eng yaxshi (oktyabr, noyabr) futbolchisi deb topildi.