"Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduning byustini yasagan haykaltarosh Emanuel Santos "Qirollik klubi"ning yana bir futbolchisi byustini yasadi.
Portugaliyalik haykaltarosh bu safar Irlandiya bukmeker kontorasidan buyurtma oldi. Santos "Yuventus" va "Real" o'rtasidagi Chempionlar ligasi final bahsi munosabati bilan Garet Beylning haykalini yasadi. Xabaringiz bor, final o'yini Beylning vatani — Uelsda bo'lib o'tadi.
Ushbu byustning qiymati 25.000 funt sterlingni tashkil qildi. Ammo bu ish buyurtmachilarga unchalik yoqmadi.
Internetda esa unchalik muvaffaqiyatli chiqmagan Beylning haykalini Ronalduniki bilan taqqoslab, turli hazillar boshlanib ketdi. Quyida bronzadan yasalagan Beyl va Ronalduning byustlarini taqqoslashingiz mumkin.