"Deportivo"ning yangi bosh murabbiyi Klarens Zeedorf yangi vazifasi haqida fikr bildirdi.
"Deportivo" qiyin ahvolda, ammo futbolda hamma narsa o'zgarishi mumkin. BU yigitlarni oyoqqa turg'azishga harakat qilaman va umid qilamanki, "Betis" bilan uchrashuvda muxlislar yangi jamoani ko'radilar.
Jamoa bu vaziyatdan chiqib ketmoqchi, men esa bunga yordam bermoqchiman. Zidanning tajribasi menikidan ham kam edi, endi uning erishgan natijalariga boqing", - deydi Zeedorf.
"Deportivo" Ispaniya chempionatining 22 turidan so'ng 18-o'rinda bormoqda.