2006-07 yillarda madridliklar safida o'ynagan "Real"ning sobiq yarimhimoyachisi Emerson Ferreyra o'z xotiralari va o'sha vaqtdagi jamoa ustozi Fabio Kapello haqida esladi.
"Real" stadionida 60 000 ishqiboz oldida o'ynarkansan, bu katta ma'suliyat. O'yinda shunchaki g'alaba qozonish kamlik qiladi. "Santyago Bernabeu" bir o'yinda 4-5 ta gol talab qiladi, ammo bu falsafa jamoamizga begona edi. Kapello har doim hujumdan ko'ra, himoya haqida o'ylar edi", - deydi Ferreyra.
Avvalroq Emerson EChL finalida "Real" - "Yuventus" bahsida turinliklarni qo'llab-quvvatlashi haqida aytgan edi.