Ispaniyalik futbolchi o'z holatini yana bir bor isbotladi.
Madridning "Real" klubi yarimhimoyachisi Isko Ispaniya Primerosining so'nggi turida o'zini yaxshi tomondan ko'rsatdi. Va Zinedin Zidanga qarori noto'g'ri ekanligi ko'rsatib berdi.
Xususan, Fransisko kiritgan gol "qaymoqrang"lilarni hisobda oldinga olib chiqgan edi, bu orqali ispaniyalik yarimhimoyachi hujumda hech narsa qila olmayotgan BBC triosining eng yaxshi o'rinbosari sifatida o'zini ko'rsatdi.
"Levante"ga qarshi uchrashuvda Krishtianu Ronaldu va Garet Beyl maydonda hech narsa qila olmadi, Karim Benzema esa Iskoga uzatgan to'pini aytmasa unga ham o'sha gap.
To'g'ri Isko kiritgan gollar garchi "Madrid"ga g'alaba keltiruvchi gol bo'lmasa, ham sobiq "Malaga" futbolchi asosiy tarki uchun kurashishi mumkin ekanligini jamoa bosh murabbiyiga isbotlab qo'ymoqda.