"Qirollik klubi" hech narsani xal qila olmaydi.
Madridning "Real" klubi yarimhimoyachisi Xames Rodrigez ushbu mavsumda ijara asosida "Bavariya"da to'p surmoqda. Aytib o'tish kerakki kolumbiyalik futbolchi bundesligaga butunlay moslashib ketdi va hozirda ajoyib formadi.
Xamesning hozirgi formasi OAV tomonidan futbolchi Madridga qaytishi mumkinmi degan baxs-munozaralarga olib kelmoqda. Ammo Rodrigezning kelajagi butkul myunxenliklarning qo'lida.
Shartnomaga ko'ra "Madrid" "Bavariya"ga har mavsum uchun 6,5 mln yevrodan ikki mavsumga futbolchini ijaraga bergan. Shuningdek, "Bavariya"da 42 mln yevro evaziga sotib olish huquqi ham mavjud. Demak, Xames Rodrigez faqat "Bavariya" u bilan shartnoma imzolashni xohlamasagina madridliklar safiga qaytishi mumkin.
Ma'lumot uchun, Xames Bundesliganing 21-turidan so'ng 15 ta o'yinida maydonga tushib 4 ta gol va 5 ta golga assistentlik qilgan.