"Real" sardori Serxio Ramos Ispaniya chempionatining 22-turida "Levante" bilan safardagi durangdan so'ng (2:2) fikrlariga biroz erk berdi.
Madridliklar 89-daqiqada mezbonlardan gol o'tkazib yuborib, g'alabani boy berdilar.
"Bunaqasi ketmaydi. Biz 2:1 hisobida oldinda borarkanmiz, to'p uchun kurashish kerak, ammo hech kim kurashmayapti. Marselo, biz bir jamoamiz", - deya Ramosning so'zlarini keltiradi Marca.