"Bavariya" yarimhimoyachisi Xames Rodriges o'zining sobiq jamoasi "Real"da o'ynash oson emasligini ta'kidladi.
Kolumbiyalik futbolchi myunxenliklar safida ijarada o'ynamoqda, uning transfer huquqi madridliklarga tegishli.
"Real"dek grandda katta bosim ostida turasan. Hamma sening nima deyishing va nima demasligingga qarab turadi. Sen u erda hamma narsani o'rganishing kerak. "Real"da o'ziga xos davrim o'tdi va men katta yutuqlarga erishdim", - deydi Hames.