"Levante" hujumchisi Sampaolo Patstsini ispan jamoasidagi debyuti haqida fikr bildirdi.
Italiyalik 33 yoshli futbolchi "Levante" tomonidan ushbu qishda "Verona"dan ijaraga olingan va primeraning 22-turidagi debyutida "Real"ga qarshi uchrashuvda (2:2) gol urdi.
"Bunday debyut - istalgan futbolchining orzusidir. Bu men va amoa uchun fantastik kecha bo'ldi. Maydonga tushib, "Real" darvozasiga gol urish... Bu aqlbovar qilmas va go'zal voqea. Muxlislarni bunday baxtiyor ko'rish ajoyib bo'ldi", - deydi Patstsini.