"Real"ning sobiq bosh direktori Xorxe Valdano madridliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu va "Barselona" hujumchisi Lionel Messini qiyosladi.
"Agar xizmatlar hisobga olinsa, ular Krishtianuda behisob. U daho bo'lib tug'ilmagan bo'lsada, Messining ko'ziga tik qaray olyapti va u bilan "Oltin to'p" uchun kurasha olyapti. Krishtianu o'z o'yinini mukammallashtira oldi.
Messi raqib darvozasidan uzoqlashdi, Ronaldu esa darvozaga yaqin kelib, har bir o'yinda hal qiluvchi rol o'ynamoqda. Bir mavsumda 50-60 ta gol uradigan futbolchining oldida shlyapamni echish kerak", - deydi Valdano.
Messida hozircha 5 ta "Oltin to'p" bor, Ronalduda esa - 4 ta.