"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Primeraning 22-turida "Levante" bilan durangni (2:2) sharhladi.
"Chempionatni hali boy berilmagan, buni aytishdan charchamayman. Hali ko'p ochko o'ynaladi. Bugun nazorat qilgan o'yinmizda ikki ochko yo'qotdik. Ketma-ket uchinchi g'alabaga erishimiz kerak edi, ammo bunday bo'lmadi.
Birinchi bo'limda o'yinni nazorat qildik, ikkinchisida esa, himoyalanishda xato qildik. Bu o'yinni bir so'z bilan nima deb atash mumkin? Dabdala", - deydi Zidan.